"Barselona" vingeri Lamin Yamal WhoScored tahliliy portali talqiniga ko‘ra, o‘tgan mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi deb topildi.
Ispaniyalik o‘zining o‘yinlari uchun 8,01 ball oldi. Bu Yevropaning top-5 ligalaridagi barcha yosh futbolchilar orasida eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Ikkinchi o‘rindan yarim himoyachi Florian Virs joy oldi. "Liverpul"ning yangi futbolchisi 7,50 ball oldi.
Kuchli uchlikni "Chelsi" xavbeki Andrey Santos 7,33 ball bilan yakunlab berdi. So‘nggi bir yarim mavsumni braziliyalik futbolchi "Strasburg" safida ijara asosida o‘tkazdi.
Kuchli beshlikka "Manchester Siti"ning yangi a’zosi Rayan Sherki (7,30 ball) va "Real" yarim himoyachisi Jud Bellingem (7,27) ham kirdi.