"Flamengo" bu o'yinda g'alabaga loyiq edi. Biz kelasi mavsumda o'yin uslubini o'zgartiramiz. Bu turnirda yana bir o'yinimiz bor, unda yaxshi natijaga erishish uchun bor kuchimizni ishlatishga majburmiz.
O'yin 6 daqiqada umuman o'zgarib ketdi. Biz ketma-ket ikkita gol o'tkazib yubordik va qizil kartochka olib, raqibdan bir kishidan kam bo'lib qoldik. Garchi natijadan chiqib ketishga harakat qilgan bo'lsak-da, ishlarimiz o'xshamadi", - dedi Mareska.
Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining guruh bosqichi dastlabki ikki o'yinida bittadan g'alaba va mag'lubiyat qayd etgan "Chelsi" navbatdagi o'yinini 25 iyun kuni "Esperans"ga qarshi o'tkazadi.