"Real"ga Rodri kerak

  • Mr.NoBoDy 21.06.2025 19:24
  • 60
  • 30

"Real" "Shtutgart" futbolchisi Angelo Shtillerning transferidan voz kechdi.

Ushbu futbolchi Luka Modrichga o'rinbosar sifatida ko'rilayotgandi. Biroq "Real" futbolchining transferidan voz kechdi. Klubdagilar oldinroq "Real Sosedad"dan Martin Subimendini jamoaga jalb qilishni reja qilgandi, biroq futbolchi "Arsenal"ga o'tishga qaror qlidi. "Real" esa tezda asosiy tarkibga kirib, Kroos va Modrichning o'rnini bosishga kafolat beradigan futbolchi izlamoqda.

Bu yo'lda asosiy nomzod sifatida "Manchester Siti" etakchisi Rodri ko'rilmoqda. Shuningdek, "Liverpul" xavbeki Aleksis MakAllister ham short-listda bor. Biroq ispan grandi ispaniyalikning variantini yuqoriroqqa qo'ymoqda.

28 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda jarohati sababli deyarli o'ynamadi. U APLning faqatgina 3 o'yinida maydonga tushdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar