Mirko Elichich: “Uchrashuvda omadimiz kelmadi, lekin o'yinimizdan qoniqdim“

  • Mr.NoBoDy 22.06.2025 09:08
  • 27
  • 30

Proliganing 10-turi doirasida “FarDU“ - "Olimpik" (1:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Mirko Elichich o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Biz yaxshi o'yin ko'rsata oldik deb o'ylayman. Odamlar yaxshi futbol tomosha qilish uchun kelishdi va o'yin barchaga yoqdi deb o'ylayman. Biz shunday o'ynashda davom etmoqdamiz. Yosh yigitlarimizning harakatlari menga yoqdi. Uchrashuvda biroz omadimiz kelmadi. Lekin men o'yinimizdan qoniqdim“.

- Jamoa standart vaziyatlar borasida alohida ishlagani ko'rinib turibdi. Vaziyatni golga aylantirishga nima etishmadi?

- Futbolchilar yosh va bazi vaziyatlarda ularga sovuqqonlik etishmaydi. Bazida bunday holatlarda gol urishni uddalashadi, bazida esa o'xshamaydi. Omadga ham bog'liq. Biz har kuni standartlar ustida ishlaymiz.

- Yozgi transfer oynasi uchun jamoaning rejalari qanday?

- O'zgarishlar katta bo'lmaydi. Yaxshi futbolchilarimizni boshqa jamoalarga bera olmaymiz. Aks holda ularning o'rniga boshqalarni topishimiz kerak bo'ladi. Hozirgi asosiy vazifamiz yoshlarni tarbiyalash. Moliyaviy imkoniyatlarimiz ham katta emas. Agar yigitlarga katta jamoalardan takliflar bo'lsa, albatta ularni beramiz. Ularni katta futbolga tayyorlab berish maqsadimiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar