"Arsenal" Xato bilan muzokara o'tkazdi

  • Mr.NoBoDy 22.06.2025 14:32
  • 48
  • 30

Amsterdamning "Ayaks" klubi himoyachisi Yorrel Xato hamon Londonning "Arsenal" klubi qiziqishlari doirasida turibdi.

Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlar orqali xabar bermoqda. Jurnalistga malum bo'lishicha, "kanonirlar" 19 yoshli futbolchining vakillari bilan muzokaralarning birinchi bosqichini o'tkazgan.

"Arsenal" himoyachiga 2030 yilning yozigacha mo'ljallangan uzoq muddatli mehnat shartnomasini taklif qilmoqda. Xato o'tgan mavsum 50 ta o'yinda qatnashib, 3 ta gol va 6 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Uning "Ayaks" bilan shartnomasi 2028 yilning yarmigacha mo'ljallangan. Himoyachining bozor narxi 35 million evroga baholanmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar