"Chelsi" Jekson bo'yicha qaror qabul qildi

  • Mr.NoBoDy 22.06.2025 15:00
  • 36
  • 30

Londonning "Chelsi" klubi forvardi Nikolas Jekson jamoada qoladi.

"Chelsi" garchi u so'nggi bir necha oy ichida unchalik yaxshi formada bo'lmagan bo'lsa ham, hamon senegallik hujumchining salohiyatiga ishonmoqda va uni qo'yib yubormoqchi emas.

Jekson 2023 yilda "Chelsi" futbolchisiga aylandi. Joriy mavsumda 24 yoshli forvard barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va oltita assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.

Transfermarkt portali malumotlariga ko'ra, Jeksonning narxi 50 million evroni tashkil etadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar