Guler: "Alonso qo'l ostida o'zimni "Real"ning muhimroq futbolchisi sifatida his qilyapman"

  • Mr.NoBoDy 22.06.2025 15:24
  • 48
  • 30

"Real" yarim himoyachisi Arda Gyuler Xabi Alonso kelganidan keyin klubdagi roli o'zgarganini aytdi.

"Men o'zimni [Xabi Alonso kelganidan keyin] "Real"ning muhimroq futbolchisi sifatida his qilyapman. U meni yarim himoyachi sifatida ko'radi va bu undan ham yaxshi. Hozir ketish haqida o'ylamayapman ham. Hozir bor etiborimni "Real"ga qaratganman", - dedi Guler.

20 yoshli turkiyalik futbolchi o'tgan mavsumda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar