Superliga
13-tur
"Sho'rtan" – "Surxon" 0:1 (LIVE)
G'uzor. "Markaziy" stadioni. 20:00
Gol: Humoyun Sherbo'taev 7'
Bosh hakam: Rustam Lutfullin
Yordamchi hakamlar: Sanjar Shoyusupov, Akmal G'iyosov
Zaxira hakami: Alisher Rahimqulov
Nazoratchi: Zokir Qodirov
VAR: Nikita Mustafin
AVAR: Aleksandr Burov
Komissar: Sherzod Rajabov
"Sho'rtan": 1.Shoxruhjon Eshbo'taev, 3.Shohjahon Sultonmurodov, 4.Ulug'bek Xudayberdiev, 6.Sirojiddin Qo'ziev, 10.Temur Mamasidiqov, 19.Nuriddin Hasanov, 22.Sardor Sadullaev, 24.Doniyorjon Narzullaev, 33.Bekjon Rahmatov, 45.G'anisher Qodirov, 55.Azizbek Pirmuhammadov.
Zaxira: 35.Sherzodbek Abduraimov, 7.Bekzod Suvonov, 8.Shahboz Nuriddinov, 9.Shahzod Nematjonov, 11.Daler Sharipov, 14.Abrorbek Toshqo'ziev, 15.Jo'rabek Mannonov, 77.Asadbek Saitxonov, 99.Komron Saydazimov.
"Surxon": 1.Artyom Potapov, 3.Sunnatulloh Hamidjonov, 5.Jamaldin Xodjaniyazov, 6.Behzod Shamsiev, 7.Dostonbek Tursunov, 8.Humoyun Sherbo'taev, 11.Abdug'afur Haydarov, 24.Sherzodjon Komilov, 27.Asilbek Jumaev, 66.Behro'z Shaydulov, 99.Sunnatilla Poyonov.
Zaxira: 16.Dilshod Yo'ldoshev, 4.Nodirxon Nematxonov, 15.Diyor Ramazonov, 17.Jahongirbek Abdusalomov, 18.Nodir Abduxoliqov, 22.Javohir Jo'raev, 23.Komronbek Yusupov, 77.Asadbek Karimov, 88.Dmitriy Kratkov.
Ogohlantirishlar: Ulug'bek Xudayberdiev (11), Dostonbek Tursunov (12).
Chetlatish: Sunnatulloh Hamidjonov (32).
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
36. Uuux! Artyom Potapov ancha oldinga chiqib ketdi va to'pni qaytardi. Qodirov bo'sh qolgan darvozaga to'g'ri zarba berolmadi.
32. Bosh hakam qarori haqiqiy shok! Hamidjonov maydondan chetlatildi! Mehmonlar bir kishi kam bo'lib qolishdi...
31. Pirmuhammadov jarima maydonchasi ichida yotibdi, uni to'psiz holatda Hamidjonov turtib yuborgan ekan. Hakam VAR monitori tomon yo'l oldi.
30. Zarbaaa! Haydarovning uzoq burchak tomon yo'llagan zarbasini Eshbo'taev bartaraf etdi! Mezbonlar posboni jamoasini muqarrar goldan qutqardi desak adashmaymiz.
29. Uuux! Jumaev Tursunovni qulay pas bilan taminladi, uning ichkariga oshirib bergan to'piga esa hujumchi Haydarov ulgurmay qoldi.
27. G'anisher Qodirov birga-bir holatga chiqib ketishiga bir baxya qoldi, ammo so'nggi pallada Behzod Shamsiev to'pga tashlanib, uni darvozabonga uzatib berdi.
23. Bu gal xuddi shu nuqtada Shamsiev va Qodirov bosh bilan to'qnashdi. Ularga darhol tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.
22. Sherbo'taev va Qo'ziev maydon markazida to'qnashib ketdi. Dastlab "Surxon", keyin "Sho'rtan" vakili o'rnidan turdi.
20. Shaydulovning qanotdan amalga oshirgan uzatmasidan keyin g'uzorlik himoyachilar to'pni uzoqlashtirishdi.
17. Zarba! Abdug'afur Haydarovning chap oyoqda bergan zarbasi to'g'ri darvozabonga bordi va to'p egallandi.
16. "Sho'rtan" hujum tashkil qildi, ammo so'nggi pallada Sadullaevning texnikasi pand berishi oqibatida to'p yo'qotildi.
14. Zarbaa! Tursunovning o'ng oyoqdagi kuchli zarbasini Eshbo'taev qaytarishga erishdi. Navbatdagi etirofga loyiq seyv!
12. Tursunov Qodirovga nisbatan fol ishlatdi va sariq kartochkaga loyiq ko'rildi.
12. Zarbaaa! Komilovning jarimadan yo'llagan zarbasi rikoshet orqali xavfli ko'rinish kasb etdi. Eshbo'taev zarbani bartaraf etdi. Chiroyli seyv!
11. Xudayberdiev Komilovga nisbatan qo'pol harakat qildi va sariq kartochka oldi.
7. GOL! Jumaevning driblingi va Tursunovning muvaffaqiyatsiz zarbasidan so'ng to'p Humoyun Sherbo'taevga kelib tushdi va u o'ng oyoqda darvozani ishg'ol qildi – 0:1!
5. Xodjaniyazov himoyadan turib uzun pas amalga oshirib ko'rdi, to'p to'g'ri Eshbo'taevga kelib tushdi.
2. Abdug'afur Haydarov raqib himoyachisidan to'pni olib qo'yishga harakat qilib, oyog'ini biroz balandga ko'tarib yubordi, hakam o'yinni to'xtatdi.
1. Uchrashuv boshlandi!
- O'yin 20:00 da start oladi.