Makelele faoliyatida muhim o'rin tutadigan murabbiy kimligini aytdi

  • Mr.NoBoDy 23.06.2025 13:24
  • 60
  • 30

"Pari Sen-Jermen" va Franciya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Klod Makelele Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottini murabbiylik faoliyatiga tasir ko'rsatgan ustozi deb atadi.

"U men uchun murabbiylik kasbi eshigini ochdi. Soatlab kuzatishlar, suhbatlar... Karlo menga asosiy narsani o'rgatdi: futbol – insonlar uchun. Taktikaga intilishda ko'pchilik bu haqiqatni unutadi. U futbolchilarni shunchaki futbolchi sifatida tahlil qilmaydi, ularning shaxsiy hikoyalarini tushunadi. Bu donishmandlik buyuk murabbiylarni boshqalardan ajratib turadi", – dedi Makelele.

Uning so'zlariga ko'ra, u 2011-2012 yillarda Parij klubida yordam bergan italiyalik Karlo Anchelottini juda qadrlaydi. Umuman olganda, Makele 2014 yilgacha Parij klubida murabbiy assistenti bo'lib ishlagan.

Makele "Real", "Chelsi" va Franciyaning "Marsel", PSJ klublarida to'p tepgan. Murabbiy sifatida "Bastiya" va «Eypen" kabi jamoalarda faoliyat yuritgan. O'tgan yili Greciyaning "Asteras" jamoasini boshqardi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar