"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike JCH-2025 guruh bosqichining so‘nggi bosqichida "Sietl Saunders"ga qarshi o‘yin haqida gapirdi.
"Birinchidan, bu turnirning eng yaxshi bosqichi, chunki oldinga o‘tish uchun g‘alaba qozonish kerak va bu bizni motivasiya qiladi. Biz bu o‘yinga tayyormiz, hozir ajoyib formadamiz. "Botafogo"dan uchralgan mag‘lubiyatga (0:1) qaramay, biz yaxshi o‘ynadik, shuning uchun xatolarimizni tahlil qilib, o‘zimizni yaxshilashimiz kerak. Bizni qiziqarli o‘yin kutib turibdi", dedi Enrike.
Ikki o‘yindan so‘ng “PSJ” “B” guruhida 3 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Ayni damda “Botafogo” 6 ochko bilan birinchi o‘rinda, “Atletiko” 3 ochko bilan uchinchi, "Sietl Saunders" esa oxirgi o‘rinda.