«Yuventus» hujumchisi Yildiz KO‘JCHda Messi familiyasi yozilgan butsalarda o‘ynamoqda

  • Mr.NoBoDy 24.06.2025 07:55
  • 63
  • 30

Turinning «Yuventus» jamoasi hujumchisi Kenan Yildiz 2025 yil AQSHda o‘tayotgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Lionel Messining familiyasi yozilgan butsalarda maydonga tushmoqda. Mazkur adidas F50 butsalari Germaniya brendi va Argentina terma jamoasi hujumchisi Messi hamkorligida tayyorlangan loyiha doirasida ishlab chiqilgan.

Ushbu aksiya shartlariga ko‘ra, Lionel Messi kelajakda jahon futboli yulduziga aylanish salohiyatiga ega, deb hisoblagan 10 nafar yosh futbolchini tanlagan. Ular orasida Kenan Yildizdan tashqari, «Barselona» qanot hujumchisi Lamin Yamal va «Manchester Siti» yangi futbolchisi Klaudio Echeverri ham bor.

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida Kenan Yildiz ikki uchrashuvda ishtirok etdi, uchta gol urdi va bir marta assistentlik qildi. «Yuventus» ikki turdan so‘ng G guruhida 6 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar