Suhrob Izzatov: "Bir metrdan ochiq darvozaga ham to'p kirmayapti"

  • Mr.NoBoDy 30.06.2025 01:32
  • 54
  • 30

"So'g'diyona" futbolchisi Suhrob Izzatov Superliganing 14-turi doirasida "Bunyodkor" maydonidagi mag'lubiyatdan keyin fikrlarini bildirdi.

- O'yin biz istagandek boshladi va reja qilgandek bo'ldi. Biz o'z yaratgan vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Shunda futboldagi oltin qoida ishladi: sen urmasang, senga urishadi. Raqiblar o'z vaziyatlaridan foydalanib ketishdi, ularni tabriklaymiz.

- "So'g'diyona" so'nggi paytlarda ko'p mag'lub bo'lmoqda. Mag'lubiyatlar sababli jamoa tushkunlikka tushib qolgan va bu bugun o'z tasirini o'tkazgandek ko'rindi.

- Menimcha unday narsalar yo'q. Bizda o'z oldimizga qo'yilgan yo'l va maqsadimiz bor. Bu yo'lda qiyinchiliklar bo'ladi. Bugun ko'p vaziyatlar bo'ldi, kirmasa kirmas ekan. Bir metrdan ochiq darvozaga ham to'p kirmayapti. Bizda tushkunlik yo'q, ishlashda davom etyapmiz. Bu futbol, biz oxirigacha kurashamiz. 

- O'zbekiston kubogini ko'plab kuchli jamoalar tark etdi. Bu omil "So'g'diyona"ning kubokni olishi uchun ustunligini oshiradimi?

- Hammasini vaqt ko'rsatadi. Aytganingizdek, ko'plab kuchli jamoalar turnirni tark etdi. Bizda kubok va chempionatda yo'limiz bor. Faqatgina oldinga harakatlanamiz.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar