"Ertalabki mashg'ulot juda qisqa va o'yinga tayyorgarlik ko'rishga bag'ishlandi. Bunday haroratda ishlash juda qiyin, lekin biz qo'limizdan kelganini qilamiz. Men bahona izlayotganim yo'q, shunchaki to'g'risini aytyapman: bu shikoyat emas, balki haqiqat. Haqiqatan ham issiq bo'lsa – bu obektiv reallik. Biroq biz bor etiborimizni faqat g'alabaga qaratganmiz va oxirigacha bunga intilamiz", – dedi Mareska.
Dushanba kuni "Chelsi" Filadelfiyadagi mashg'ulot bazasida kuchli sanoat ventilyatorlarini o'rnatdi va sovituvchi spreylardan foydalandi. Bu choralar issiqlik tasirini kamaytirish maqsadida qo'llandi. Ertaga Klublar o'rtasidagi JCH doirasidagi "Esperans"ga qarshi o'yin boshlanishidan oldin harorat 39 darajaga ko'tarilishi mumkinligi aytilmoqda.