O'FA rahbariyati Mayamidagi FIFA Ijroiya futbol sammitida qatnashdi

  • Mr.NoBoDy 24.06.2025 16:24
  • 36
  • 30

FIFA prezidenti Janni Infantino O'zbekiston terma jamoasini ilk bor mundialga chiqqani bilan tabrikladi.

"FIFA tomonidan har yili tashkil etiladigan FIFA Ijroiya futbol sammiti (FIFA Executive Football Summit) bugungi kunda dunyo futbolining eng muhim muloqot platformalaridan biri hisoblanadi. Ushbu yuqori darajadagi uchrashuvlar milliy futbol associaciyalari rahbarlari, FIFA prezidenti va konfederaciyalar vakillarini birlashtirib, futbolni global miqyosda rivojlantirish, tajriba almashish va strategik yo'nalishlarni muhokama qilish imkonini beradi.

Joriy yilgi sammit AQSHning Mayami shahrida bo'lib o'tmoqda. Unda FIFAga azo qator milliy futbol associaciyalari vakillari bilan bir qatorda, O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Ravshan Irmatov hamda bosh kotib Avaz Maksumov ham ishtirok etdi.

Sammit doirasida futbolning turli yo'nalishlarini — xususan, bolalar va o'smirlar futboli, ayollar futboli, shuningdek, FIFA musobaqalarini tashkil etish, jumladan bo'lajak Jahon chempionatlari, ayollar turnirlari va yoshlar musobaqalari yuzasidan dolzarb mavzular muhokama qilindi.

FIFA prezidenti Janni Infantino O'zbekiston milliy terma jamoasini tarixda ilk bor FIFA Jahon chempionatiga yo'llanma olgani bilan samimiy muborakbod etdi. Shuningdek, u O'zbekiston futbol associaciyasining FIFA Forward loyihasini muvaffaqiyatli tatbiq etgan associaciyalardan biri ekanini alohida etirof etdi.

Ushbu sammit futbol federaciyalari o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni mustahkamlash, tajriba va g'oyalarni almashish, hamda global futbol tizimidagi dolzarb masalalarni birgalikda hal qilish yo'lida muhim qadam bo'lib xizmat qilishi qayd etildi", – deyiladi O'FA xabarida.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar