Messi bugun tug‘ilgan kunini nishonlamoqda

  • Mr.NoBoDy 24.06.2025 13:33
  • 48
  • 30

Argentina terma jamoasi va AQSHning "Inter Mayami" klubi hujumchisi Lionel Messi bugun, 24 iyun kuni tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Yulduz hujumchi 38 yoshga to‘ldi.

Messi Kataloniyaning "Barselona" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. "Ko‘k-anorranglilar"ning asosiy jamoasida Lionel 2005 yildan 2021 yilgacha o‘ynagan. Keyin argentinalik ikki mavsumni Fransiyaning "PSJ" klubida o‘tkazdi. 2023 yilning yozidan buyon hujumchi "Inter Mayami" sharafini himoya qilmoqda. Futbolchining AQSH klubi bilan shartnomasi shu yil oxirida o‘z nihoyasiga yetadi.

Messi "Oltin to‘p"ning sakkiz karra sohibi hisoblanadi. U Ispaniya va Fransiya chempioni bo‘ldi, Argentina terma jamoasi bilan jahon chempionatida g‘olib chiqdi va boshqa ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar