"Nyukasl" Elanga uchun 45 million funt taklif qildi, ammo

  • Mr.NoBoDy 24.06.2025 21:56
  • 45
  • 30

"Nyukasl" Entoni Elangani o'z safiga qo'shishga urinib ko'rdi.

The Athletic xabariga ko'ra, bugun "Nyukasl" klubi 23 yoshli vinger Entoni Elanga uchun "Nottingem Forest"ga taxminan 45 million funt taklif qilgan.

"Nottingem" esa futbolchini sotishdan bosh tortgan, ammo aynan qaysi shartlar ularni qoniqtirishini ham aytmagan. "Nottingem" har qanaqasiga ham Elangani qo'ldan chiqarish niyatida emas.

"Nyukasl" hozirda shveciyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun urinishlarni davom ettirish yoki boshqa maqsadlarga etibor qaratish kerakligi haqida o'ylamoqda. Shuningdek, ularda "Bornmut"dagi Entuan Semeno va "Vest Hem" o'yinchisi Muhammad Kudus ham qiziqish uyg'otmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar