Qozog‘iston terma jamoasi matbuot kotibi: "Qozog‘istonda deyarli barcha klublar kelishilgan o‘yinlar bilan shug‘ullanadi"

  • Mr.NoBoDy 24.06.2025 13:44
  • 69
  • 30

Qozog‘iston terma jamoasi matbuot kotibi va taniqli sharhlovchi Yermuhamed Maulen mamlakatdagi aksariyat futbol klublari kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etishini aytdi.

"Bosh murabbiy, sport direktori yoki klub prezidenti yomon hakamlikdan shikoyat qilishi kulgili. Keyingi turda esa o‘zlari hakamlar bilan aloqaga chiqib, kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etishadi.

Qozog‘istonda deyarli barcha klublar bu bilan shug‘ullanadi. Faqat ikkita istisno bor - bu hali biror marta kelishilgan o‘yinda maydonga tushmagan, lekin menimcha, sentyabr oyida boshlaydigan "Tobol" va umuman bunday o‘yinlarda ishtirok etmayotgan "Qayrat."

Birinchi liga haqida esa gapirgim ham kelmaydi - u yerda har ikkinchi o‘yin kelishilgan. Birinchi bo‘limda 2:0 hisobida g‘alaba qozonishadi, tanaffusdan so‘ng 2:5 hisobida yutqazishadi. Bunday bo‘lishi mumkinmi o‘zi?" - dedi Maulen FonTeam podkastida.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar