"Inter Mayami"ning ispaniyalik himoyachisi Jordi Alba Fransiyaning "PSJ" klubi bosh murabbiyi Luis Enrike haqida fikr bildirdi.
U hamyurtini dunyodagi eng yaxshi murabbiy deb atadi.
"Biz klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining pley-off bosqichiga chiqdik. Bu klubimiz uchun ajoyib yutuq. Keyingi raqib "PSJ" bo‘ladi. Bu juda qiyin o‘yin bo‘ladi. Biz bu jamoa futbolchilari va ularning bosh murabbiyini juda yaxshi bilamiz. Luis Enrike - dunyodagi eng yaxshi murabbiy. Ammo biz g‘alaba qozonishga harakat qilamiz," - deya ispaniyalik futbolchining so‘zlarini keltiradi AS.
"PSJ" va "Inter Mayami" jamoalari o‘rtasidagi bahs 29 iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.