Ziko: "Evropa futboli ortiqcha baholangan"

  • Mr.NoBoDy 24.06.2025 14:00
  • 60
  • 30

Braziliyalik murabbiy Ziko Yevropa jamoalari klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi yomon o‘yinlari uchun bahonalar o‘ylab topishayotganini aytdi.

"Evropa futboli ortiqcha baholangan. Bunga chek qo‘yish kerak. Futbol Yevropaga tegishli emas. Ishlar yaxshi ketmayotganda yevropaliklar bahonalar o‘ylab topishni boshlaydilar. Ular noqulay sharoitda qanday o‘ynashni bilmaydilar shekilli. Biror narsa noto‘g‘ri ketsa, issiq, mavsum tugashi va shunga o‘xshash narsalar haqida gap-so‘zlar boshlanadi", - dedi braziliyalik afsonaviy sobiq futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Braziliyaning "Palmeyras" va "Botafogo" klublari klublar o‘rtasidagi JCH pley-off bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgandi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar