Maskerano: "Inter Mayami" dunyoning eng yaxshi 16 jamoasi qatoriga kirdi"

  • Mr.NoBoDy 24.06.2025 15:48
  • 39
  • 30

"Inter Mayami" bosh murabbiyi Xaver Maskerano Klublar o'rtasidagi Jahon chempionati "A" guruhi 3-turi doirasidagi "Palmeyras"ga qarshi (2:2) o'yindan keyin fikrlarini bildirdi.

"Biz uchun ajoyib o'yin. Janubiy Amerikaning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o'ynash qiyin edi. Bu MLS uchun tarixiy oqshom, chunki biz dunyoning eng yaxshi 16 jamoasi qatoridamiz. MLS faxrlanishi kerak", – dedi Maskerano.

"Inter Mayami" "Palmeyras" bilan 2:2 hisobida durang o'ynadi va guruhda ikkinchi o'rin bilan Klublar o'rtasidagi JCHning pley-off bosqichiga yo'l oldi. Messi etakchiligidagi jamoa 29 iyun kuni 1/8 finalda PSJ bilan to'qnash keladi. 

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar