Mbappe kasallikdan so‘ng «Real» mashg‘ulotlariga qaytganiga qisqa izoh bilan javob berdi (foto)

  • Mr.NoBoDy 24.06.2025 21:00
  • 36
  • 30

Madridning «Real» jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida «qirollik klubi» mashg‘ulotlaridan fotosurat bilan o‘rtoqlashdi.

Eslatib o‘tamiz, 19 iyun, payshanba kuni fransiyalik futbolchi o‘tkir gastroenterit tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi.



«Qaytib keldim!», — deb yozdi surat ostida Mbappe.

Avvalroq OAVda yozilishicha, Mbappening holati klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida «Al-Hilol»ga qarshi o‘yin (1:1) oldidan yomonlashgan. Manbalarga ko‘ra, futbolchi faqat mevalar iste’mol qilib, suv ichgan, qolaversa, u jamoaning qolgan a’zolaridan izolyasiya qilingan. Shuningdek, kasallik tufayli Mbappe 4–5 kg vazn yo‘qotgani haqida ham xabarlar tarqalgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar