Nematillo Quttiboev: "Bugun g'alaba qozonmasak, "Lokomotiv" bilan oradagi farq ortib ketardi"

  • Mr.NoBoDy 25.06.2025 00:24
  • 36
  • 30

Pro-liganing 10-turi doirasida "Aral" - "Lokomotiv" o'yinidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Nematillo Quttiboev matbuot anjumanida qatnashdi.

"Lokomotiv" kuchli jamoa. Bugun g'alaba qozonmasak, "Lokomotiv" bilan oradagi farq ortib ketardi. Ikkinchi davrada qiyin bo'lardi. Shu sababli faqat g'alaba uchun o'ynadik. Yigitlarga rahmat. Mavsumdagi eng yaxshi o'yinimizni o'tkazdik. Stadion ham to'ldi. 

Jamoa juda ko'p marta ochko yo'qotdi. Keyingi o'yinlarda yigitlarga g'alaba qozonish uchun ishonch berdik. Keyingi o'yinlarda kuchliroq harakat qilishimizga ishonaman. Jamoaning oldinga qo'ygan maqsadi aniq. Toshkentda yig'in o'tkazish rejamiz bor. 

"Lokomotiv" qanday o'yin ko'rsatishi malum edi. Taktika borasida ko'p gapirmoqchi emasman. Chunki oxir-oqibat o'yinda futbolchilar harakat qilishadi. Shu sababli ularga yana bir bor rahmat aytmoqchiman", -deydi Nematillo Quttiboev.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar