"Barselona" Fati bilan shartnomani uzaytirib, uni ijaraga beradi

  • Mr.NoBoDy 25.06.2025 01:24
  • 42
  • 30

Ansu Fati "Monako"ga o'tishidan oldin "Barselona" bilan shartnomasini uzaytiradi.

Avvalroq, yarim himoyachining keyinchalik sotib olish imkoniyati bilan Liga 1 klubiga ijara asosida o'tishga yaqin ekanligi haqida xabar berilgandi.

Cadena SER malumotiga ko'ra, "Barselona" Fati bilan shartnomani yana bir mavsumga - 2028 yilgacha uzaytirmoqchi. Amaldagi shartnoma 2027 yil yozida tugaydi. Shundan so'ng esa futbolchi "Monako"ga ijaraga beriladi.

Xabar qilinishicha, Fatini sotib olish qiymati taxminan 11 million evroni tashkil etadi. Shu bilan birga, agar "Monako" yarim himoyachining to'liq transferini amalga oshirishga qaror qilsa, "Barselona"da Fatini qaytib sotib olish ustunligi bo'ladi. Bu huquqning qiymati taxminan 28 million evro bo'lishi kutilmoqda, biroq klublar hali ham kelishuv tafsilotlarini muhokama qilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar