Neymar “Santos“ bilan yangi shartnoma imzoladi. Uning yangi maoshi malum

  • Mr.NoBoDy 25.06.2025 09:32
  • 60
  • 30

Neymar “Santos“da qoladigan bo'ldi. Kelishuv yilning so'nggi qadar uzaytirildi.

Hujumchi ushbu vaqt oralig'ida 700 ming evro daromad qiladi.

“Hammasi qaerdan boshlangan bo'lsa, o'sha erda yakuniga etadi“, — deb yozadi Braziliya klubi.

Malumot uchun, Neymar “Santos“ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U Braziliya klubi bilan ilk professional shartnomasini 2008 yilda imzolagan.2013 yilda hujumchi “Barselona“ga o'tgan. Neymar 2025 yilning yanvarida erkin agent sifatida «Santos»ga qaytdi. U “Santos“ safida jami 237 ta o'yin o'tkazib, 139 ta gol va 69 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar