KO‘JCH. Momaqaldiroq tufayli 1 soatga to‘xtatilgan "Oklend Siti" - "Boka Xuniors" o‘yinida g‘olib aniqlanmadi

  • Mr.NoBoDy 25.06.2025 05:11
  • 48
  • 30

Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan "Boka Xuniors" hamda "Oklend Siti" jamoalari o‘rtasidagi o‘yinda kuchlar teng keldi - 1:1. O‘yin Neshvilldagi "Jodis Park" stadionida bo‘lib o‘tdi.

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida argentinaliklar klubi yangi zelandiyaliklar darvozaboni Natan Garroning avtogoli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. "Oklend Siti" ikkinchi bo‘lim boshida javob to‘pini kiritishdi - Kristian Grey gol urdi.

O‘yin 53-daqiqada momaqaldiroq tufayli to‘xtatildi. Bir soatdan so‘ng futbolchilar maydonga qaytishdi va o‘yinni yakunlashdi.

"Boka Xuniors" 2 ochko jamg‘arib, C guruhida uchinchi o‘rinni egalladi. "Oklend Siti" esa 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinni egalladi. Jamoalar KO‘JCH-2025 pley-off bosqichiga chiqa olmadi. 1/8 finalda "Benfika" (7 ochko) va "Bavariya" (6) S guruhidan chiqdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar