"Santos" prezidenti Marselo Teysheyra Neymar bilan mehnat shartnomasini uzaytirishga oid fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Avvalroq, 33 yoshli hujumchi klub bilan joriy yil oxirigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolagani ma’lum bo‘lgandi.
- Bugun futbolimiz uchun juda muhim va tarixiy kun. Bu "Santos" muxlislari uchun sovg‘a. O‘ninchi raqamli kumirimiz shu yerda qoladi. Qayta qurishning bu pallasida bizga Neymar nafaqat maydonda, balki undan tashqarida ham kerak edi," - deya funksionerning so‘zlarini keltiradi jamoa matbuot xizmati.