"Benfika" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi o‘yinida "Bavariya"ni mag‘lub etdi - 1:0.
Yagona gol 13-daqiqada Andreas Shelderup hisobiga yozildi. Ikkinchi bo‘limda Joshua Kimmix hisobni tenglashtirdi, biroq ofsayd tufayli to‘p inobatga olinmadi.
"Benfika" ochkolarini 7 taga yetkazib, "C" guruhi turnir jadvalida birinchi o‘rinni egalladi.
KO‘JCH-2025 1/8 finalida "Bavariya" 29 iyun kuni "Flamengo"ga qarshi bahs olib boradi. "Benfika" "Chelsi" yoki "Esperans" (Tunis) bilan o‘ynaydi.