Sardor Abduraimov: "Chempionatdagi mag'lubiyat uchun "Neftchi"dan revansh oldik"

  • Mr.NoBoDy 25.06.2025 16:32
  • 42
  • 30

O'zbekiston Kubogi nimchorak final bahslari o'zining qizg'in pallasiga kirib oldi.

"Mashal" bu bosqichda kuchli raqib sifatida qaralgan "Neftchi"dan ustun keldi va chorak finalga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Farg'onadagi bellashuv qahramoni Sardor Abduraimov bu borada fikrlari bilan bo'lishdi. 


Match-senterda ochish


"Alhamdulillah bu uchrashuvda g'alaba qozondik. Jamoangiz sizning golingiz bilan g'alaba qozonsa ikki karra xursand bo'lar ekansiz. Bu yoqimli albatta. Biz g'alabaga chanqoq holda maydonga tushdik deya olaman. "Neftchi"ni o'z maydonida yutish qiyin, bu erda O'zbekistonning eng yaxshi futbolchilari jamlangan.

Jamoamizda revansh ishtiyoqchi kuchli edi. Bu yaxshi imkoniyat hisoblanardi. Yaxshi tayyorgarlik ko'rdik, murabbiylar ko'rsatmalarini bajardik. Gol urilgan vaziyatni mashg'ulotlarda ishlaganmiz. Standart vaziyatdan har doim ham o'xshayvermaydi. Biz buni uddaladik. 

G'alaba qozonishimiz uchun hamma sharoitlarni maksimal yaratib bergan rahbariyatimizga jamoamiz nomidan minnatdorchilik bildiraman. "Mashal" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman",- deydi Sardor Abduraimov.



Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar