Jurnalist Alfredo Pedulla xabariga ko'ra, Turin klubi va 25 yoshli hujumchi yillik maoshi 6 mln evro bo'lgan shartnoma bo'yicha kelishib oldi. O'yinchi mavsumda 1-2 million evrogacha bonus sifatida ishlab olishi mumkin.
To'liq kelishuvga erishishda asosiy to'siq agentlarga to'lanadigan komissiya masalasi bo'lib turibdi. Futbolchi vakillari 10 million evrodan ko'proq pul talab qilmoqda.
Takidlanishicha, Devidga Turkiya va Saudiya Arabistonidan ham takliflar bor, lekin u A Seriyada o'ynashni xohlaydi.
O'tgan Liga 1 mavsumida kanadalik "Lill" uchun 32 o'yin o'tkazib, 16 ta gol urdi. U francuz klubini erkin agent sifatida tark etdi.