"Botafogo" sardori: "Braziliya futboli nimalarga qodir ekanligini isbotladik"

  • Mr.NoBoDy 25.06.2025 16:55
  • 45
  • 30

"Botafogo" sardori KO‘JCH boshlanishidan oldin klubga ishonmaganlar haqida gapirdi.

Braziliya klubi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatining 1/8 finaliga chiqdi va "B" guruhida ikkinchi o‘rinni egalladi. Braziliyaliklar "matraschilar"ni ortda qoldirdi, biroq qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha "PSJ"ga yutqazdi (uchala jamoa ham 6 ochkodan jamg‘ardi). To‘rtinchi o‘rinni "Sietl" egalladi.

"Albatta, biz g‘alaba qozonishni xohladik va o‘ylaymanki, bizda imkoniyatlar bor edi. Yaxshi himoyalandik va menimcha, hech bo‘lmaganda durangga loyiq edik. Oxirida gol o‘tkazib yuborish juda alamli bo‘ldi, chunki biz guruhdan birinchi o‘rin bilan chiqmoqchi edik.

Ammo biz xursand bo‘lishimiz kerak, chunki turnir boshlanishidan oldin hech kim bizda Yevropaning yetakchi ligalaridagi ikkita top-klubga qarshi imkoniyat borligiga ishonmagandi. Braziliya futboli qandayligini isbotladik. Biz Janubiy Amerika chempionimiz va hurmatga loyiqmiz," - dedi "Botafogo" sardori Marlon Freytas Globo telekanaliga.

1/8 finalda "Botafogo" "Palmeyras" bilan kuch sinashadi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar