Kilian Mbappe kasallikdan so‘ng «Real»ning umumiy mashg‘ulotlariga qaytdi

  • Mr.NoBoDy 25.06.2025 21:22
  • 42
  • 30

«Real» klubi hujumchisi Kilian Mbappe kasallikdan tiklandi va AQSHda o‘tayotgan Klublar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida jamoa bilan umumiy mashg‘ulotlarda ishtirok etdi. Bu haqda jurnalist Mario Kortegana ijtimoiy tarmoq X orqali xabar berdi.

19 iyun, payshanba kuni Mbappe keskin gastroenterit tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan edi. OAVda tarqalgan xabarlarga ko‘ra, kasallik tufayli futbolchi 4–5 kilogramm ozgan.

Bugun, 25 iyun kuni Mbappe jamoa bilan birga mashg‘ulotga chiqdi. Fransiyalik futbolchi umumiy jamoaviy mashg‘ulot paytida ham ko‘rindi.

Avvalroq OAVda tarqalgan ma’lumotlarga ko‘ra, u 18 iyun kuni bo‘lib o‘tgan klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidagi «Al-Hilol»ga (1:1) qarshi o‘yin oldidan o‘zini yomon his qilgan. Xabarlarga ko‘ra, u faqat mevalar iste’mol qilgan va suv ichgan, shundan so‘ng jamoadan ajratib qo‘yilgan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar