"O'yinlar juda ko'p. Bu taqvim tuzilganda malum bo'ladi. Futbolga aloqador barcha manfaatdor tomonlar muzokara stoliga o'tirib, o'yinlar sonini tahlil qilib, echim topishlari kerak. Fevralda o'yinlar soni ko'p deb aytmoq adolatsizlik – biz buni iyulda bilamiz.
Agar hammasi davom etadigan bo'lsa faqat barcha tomonlar roziligi bilan amalga oshishi kerak. Menga iltimoslar bilan murojaat qilishning hojati yo'q. Bu mening ishim emas, mendan hech kim so'ramadi. Tomonlar juda ko'p, ular o'zaro kelishib olishsin.
Faqat ikkiyuzlamachilik bo'lmasligi kerak. Iyulda malum bo'lgan taqvimga oktyabrda shikoyat qilishning hojati yo'q", – dedi Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi.