Bu haqda insayder Fabricio Romano xabar bermoqda. 40 yoshli forvard klub bilan yangi shartnoma imzolashga tayyorgarlik ko'rmoqda, rasmiy hujjatlar tayyorlanmoqda.
So'nggi tafsilotlar muhokama qilinmoqda: bir yoki ikki yillik shartnoma. Portugaliyalikka 2027 yilning iyuniga qadar shartnoma tuzish imkoniyati taklif qilingan.
O'tgan mavsumda Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida 30 ta o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.