"Monterrey" klublar o‘rtasidagi jahon chempionati guruh bosqichi 3-turida "Urava Red Daymond"ga qarshi bahs olib bordi va 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Birinchi bo‘lim oxirida Meksika jamoasi uchta gol urdi - Nelson Deossa, Jermen Berterame va Xesus Korona gol urdi. Ikkinchi bo‘lim so‘nggida Berterame dubl qayd etdi.
"Monterrey" ochkolarini 5 taga yetkazib, YE guruhida 2-o‘rinni egallagan holda pley-offga yo‘l oldi va Dortmundning "Borussiya" klubiga qarshi bahs olib boradi. "Urava" esa 0 ochko bilan so‘nggi pog‘onani band etdi.