Osiyo Kubogi-2026 saralash bosqichiga qura tashlandi: O'zbekiston futzal termasi raqiblarini bilib oldi

  • Mr.NoBoDy 26.06.2025 12:56
  • 30
  • 30

Kuala-Lumpur shahrida Osiyo Kubogi-2026 musobaqasi saralash bosqichiga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Qura natijalariga ko'ra, O'zbekiston terma jamoasi "F" guruhidan joy egalladi va Qirg'iz Respublikasi, Sharqiy Timor hamda Falastin terma jamoalari bilan kuch sinashadigan bo'ldi.


2026 yilgi Osiyo Kubogi Indoneziyada o'tishi 2024 yilning 8 noyabr sanasida malum bo'lgandi. Qita chempionati final raundida mezbonlardan tashqari saralash bahslaridan muvaffaqiyatli o'tgan yana 15 ta jamoa ishtirok etadi.

2026 yili Indoneziyada bo'lib o'tadigan Osiyo Kubogi saralash bahslari shu yilning 20-24 sentyabr sanalarida tashkillashtiriladi. Saralash musobaqasi guruh o'yinlariga Tailand, Kuvayt, Tojikiston, Qirg'iz Respublikasi, Saudiya Arabistoni, Myanma, Malayziya hamda Xitoy Xalq Respublikasi mezbonlik qilishga buyurtma bergan.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar