"Inter" va "Fluminense" klublar o‘rtasidagi JCH pley-off bosqichida o‘zaro to‘qnash keladi.
"Inter" va "Monterrey" klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida YE guruhidan keyingi bosqichga chiqdi.
Uchinchi turda Italiya klubi "River Pleyt"ni (2:0) mag‘lub etgan bo‘lsa, Meksika jamoasi "Urava"ni (4:0) taslim etdi.
"Inter" 3 o‘yinda 7 ochko jamg‘arib, guruhda 1-o‘rinni egalladi. "Monterrey" 5 ochko bilan ikkinchi bo‘ldi.
Shu tariqa turnirning 1/8 finalidan o‘rin olgan yana ikki juftlik shakllandi.
30 iyun kuni Sharlottda "Inter" va "Fluminense" o‘zaro bahs olib boradi. 1 iyul kuni Atlantada Dortmundning "Borussiya" va "Monterrey" klublari o‘zaro bahs olib boradi.