O'zbekiston MTJ sobiq azosi "Sho'rtan" murabbiylar shtabidan joy oladi

  • Mr.NoBoDy 26.06.2025 15:40
  • 39
  • 30

O'zbekiston terma jamoasi sobiq himoyachisi Sherzod Azamov G'uzor klubida ish boshlaydi.

Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullaevga ko'ra, "Nasaf" va "Paxtakor" jamoalari sobiq himoyachisi Sherzod Azamov ikkinchi davradan murabbiylik faoliyatini boshlaydi. 35 yoshli Azamov "Sho'rtan" murabbiy shtabiga qo'shiladi.

Malumot o'rnida, "Sho'rtan" 9 ochko bilan so'nggi o'rinda bormoqda. Ayni paytda jamoaga Eldor Moyliev bosh murabbiylik qilmoqda. 

May oyida "90minutuz" podkastida mehmon bo'lgan  O'zbekiston terma jamoasi sobiq futbolchisi Sherzod Azamov murabbiylarning yosh futbolchilarni kashf etishi qiyin masala ekanligini aytgan edi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar