Avezov Otajon Boboqulovich - 1980 yilda Buxoro viloyatida tug'ilgan. Uzoq yillar davomida "Mashal", "Buxoro" futbol klublari va akademiyalarida faoliyat olib borgan.
Shu kuni O'zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov hamda Otajon Avezov ishtirokida Surxondaryo viloyati futbol akademiyasi murabbiylari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Eldor Shomurodov o'zining xalqaro tajribasi asosida murabbiylarga foydali maslahatlar berdi hamda jamoaviy ish muhimligini takidladi.
Aytish joizki, Otajon Avezov shaxsan Eldor Shomurodov taklifiga binoan, sport direktori vazifasiga taklif etildi. U yosh futbolchilarni aniqlash, ularni professional darajaga olib chiqish hamda murabbiylar bilan samarali tizimda ishlash bo'yicha katta tajribaga egadir.
Uning boshchiligida akademiya oldiga quyidagi maqsadlar qo'yilmoqda:
- Futbolchilar salohiyatini maksimal darajada ochib berish
- Iqtidorli va istiqbolli futbolchilarni saralab olish
- Evropa dasturi asosida murabbiylar salohiyatini oshirish jahon standartlariga mos tayyorgarlik tizimini shakllantirish
- Tizimli yagona dastur asosida mashg'ulotlarni tashkil etish
- Sport dietologiyasi bilan mashg'ulotlarni tartibga solish