Manba bergan xabarga ko'ra, 26 yoshli futbolchini Londonning yana bir jamoasi “Tottenxem“ kuzatib bormoqda. Ezening shartnomasida muddatidan oldin bekor qilish bandi bo'lib, uni 80 million evroga sotib olish mumkin.
Eze o'tgan mavsumda barcha musobaqalarda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan malumotlarga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 55 million evroni tashkil qiladi.