Uning so'zlarini jurnalist Fabricio Romano keltirgan.
"Mening kelajagim "Manchester Siti" bilan bog'langan. Men bu yozda klubni tark etmayman", – dedi Ederson.
Avvalroq OAV "shaharliklar" braziliyalik futbolchini sotish haqida o'ylayotgani va u Saudiya Arabistoni chempionatiga yo'l olishi mumkinligi haqida xabar bergan edi. Ederson o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 38 o'yin o'tkazdi. Uning klub bilan shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.