“Al Xilol“ franciyalik futbolchining transferi uchun 30 million evro to'laydi. Futbolchining o'zi bilan esa uch yillik shartnoma imzolaydi. Shu vaqt oralig'ida himoyachi yiliga 20 million evro ishlab oladi.
Teo Ernandes “Milan“da 2019 yildan beri harakat qilib keladi. U jamoa safida 262 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 35 ta gol va 45 ta golli uzatma bor.