"Malorka" futbolchiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda, ayni damda transfer narxi va futbolchini keyinchalik sotishdan "Barselona" olishi mumkin bo'lgan foizlar muhokama qilinmoqda.
Kataloniya klubida qaytarib sotib olish varianti bo'lishi kutilmoqda.
Torre o'tgan mavsum "ko'k-anorranglilar" libosida 14 o'yinda maydonga tushib, 4 ta to'p kiritgan hamda 3 ta golga assistentlik qilgan edi. Transfermarkt "Rasing" tarbiyalanuvchisining narxini 6 mln evroga baholagan.