“Qizillar“ “Kristal Pelas“ himoyachisi Mark Gexi bo'yicha rasmiy taklif bilan chiqishdi. Malumotlarga qaraganda, “burgutlar“ futbolchining transferidan 70 million funt ishlab olmoqchi, biroq TEAMtalk nashrining malum qilishicha, ushbu summa biroz kamayishi mumkin.
Futbolchining o'zi ham Angliyaning amaldagi chempionlari safiga o'tishga rozilik bergan.
Malumot uchun, Gexi o'tgan mavsum 44 ta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning hisobida 3 ta gol va 2 ta golli uzatma bor. 24 yoshli markaziy himoyachining “Kristal Pelas“ bilan tuzgan shartnomasining yakunlanishiga yana ikki yil bor.