PSJ "Lion"ga yordam qo'lini cho'zdi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2025 17:32
  • 39
  • 30

PSJ klubi prezident Nosir Al Helayfi va "Lion" egasi Jon Tekstor o'rtasidagi munosabatlar yaxshi emasligiga qaramay, ikkinchi divizionga tushib ketish arafasida turgan "Lion"ga yordam bermoqchi.

Shu haftada Nazorat va boshqaruv bo'yicha milliy departament (DNCG) moliyaviy muammolar tufayli etti karra Franciya chempionini Liga 2'ga yuborishga qaror qilgani elon qilingandi.

"RMC Sport" Parij klubi Bredli Barkola transferi uchun qolgan summani muddatidan avval "Lion" hisobiga o'tkazib bergan. Franciyalik vinger 2023 yilning yozida bonuslar bilan birga 50 million evro evaziga PSJga o'tgan edi. Bunday summalar odatda bir necha yil davomida bo'lib-bo'lib to'lanadi.

"Le Figaro"ning qayd etishicha, bu "Lion"ga Liga 1'dagi o'rnini saqlab qolishga yordam berishi mumkin, ammo klub tezda boshqa daromad manbalarini topishi kerak. DNCG qaroriga qarshi shikoyat kelgusi haftalarda ko'rib chiqiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar