Manbaga ko'ra, 20 yoshli ispaniyalik futbolchi "Arsenal"ga o'tishga tayyor va allaqachon transferga rozilik bergan. Tomonlar o'rtasidagi muzokaralar yaqin orada davom etishi kutilmoqda.
Avvalroq Moskeraga PSJ ham qiziqayotgani haqida xabar berilgandi.
Moskera 2024/25 yilgi mavsum "Valensiya" safida barcha musobaqalarda 41 o'yinda 1 ta gol urgandi. Uning shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladi.
Transfermarkt futbolchining transfer qiymatini 30 mln evroga baholamoqda.