“Real” KO‘JCH guruh bosqichidan keyin eng ko‘p daromad oldi, “Siti” ikkinchi o‘rinda

  • Mr.NoBoDy 27.06.2025 21:22
  • 39
  • 30

Madridning “Real” jamoasi klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati guruh bosqichida ishtirok etish uchun eng yuqori miqdordagi kafolatlangan daromadni qo‘lga kiritdi. “Qaymoqranglilar”ning guruh bosqichidan keyingi daromadi 32,8 million yevroni tashkil qildi.

Pley-off bosqichiga chiqish va boshqa qo‘shimcha to‘lovlarni hisobga olganda, madridliklar umumiy hisobda 43,55 million yevro ishlab oldi. Bu haqda Marca nashri xabar berdi.

Ikkinchi o‘rinni “Manchester Siti” egalladi. “Shaharliklar”ning kafolatlangan daromadi 30,9 millionni tashkil etdi. Qo‘shimcha to‘lovlar bilan birgalikda klub umumiy hisobda 42,51 million daromad ko‘rdi.

Mazkur ko‘rsatkich bo‘yicha uchlikni “Bavariya” yakunlab turibdi — nemis klubi guruh bosqichi uchun 27,8 million daromad oldi. Jami bo‘lib, myunxenliklar hozirgacha 37,69 million ishlab topdi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar