Superliga. "Paxtakor" so'nggi daqiqalarda "Nasaf" darvozasiga ikkita gol urib, mag'lubiyatdan qutulib qoldi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2025 22:08
  • 66
  • 30

Superliganing 14-turidan o'rin olgan "Nasaf" – "Paxtakor" uchrashuvining yakunlandi.

"Nasaf" – "Paxtakor" 2:2

"Markaziy" stadioni, Qarshi. 27.06.2025, 20:00

Bosh hakam: Timur To'xtasinov

Yordamchi hakamlar: Anvar Marajabov, Ziyodullo Abdurahmonov

Zaxira hakami: Umidjon Nutfulloev

Nazoratchi: Timur Abdullaev

VAR: Abdurashid Xudoyberganov

AVAR: Adham Rixsiboev

Komissar: Davron Ibrohimov

Gollar: 1:0 – 29, Husayn Norchaev (Oybek Bozorov), 2:0 – 62, Husayn Norchaev (Oybek Bozorov), 2:1 – 90, Brayan Riaskos (Umar Adhamzoda), 2:2 – 90+3, Doston Hamdamov 

"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 2.Alibek Davronov, 5.G'olib G'aybullaev, 7.Akmal Mozgovoy, 8.Zafarmurod Abdirahmatov (22.Igor Golban, 79), 10.Dragan Cheran (9.Javohir Sidiqov, 79), 14.Sharof Muhiddinov (6.Murodbek Rahmatov, 58), 18.Husayn Norchaev, 19. Stefan Cholovich (17.Suhrob Nurulloev, 58), 34.Sherzod Nasrullaev, 77. Oybek Bozorov

Zaxira: 1.Oleksandr Vorobey, 24.Sardor Bahromov, 33.Bahodir Xalilov, 73.Diyor Asomiddinov, 80.Davron Usmonov

"Paxtakor": 12.Vladimir Nazarov, 4.Abdulla Abdullaev, 9.Ibrohim Ibragimov (17.Doston Hamdamov, 80), 11.Igor Sergeev (30.Otabek Jo'raqo'ziev, 87), 21.Bashar Resan, 22.Umar Adhamzoda, 23.Abdurauf Bo'riev (94.Brayan Riaskos, 65), 27.Sardor Sobirxo'jaev (8.Diyor Xolmatov, 46), 50.Flamarion Jovino, 55.Muhammadqodir Abdumajidov, 77.Dilshod Saitov

Zaxira: 1.Nikita Shevchenko, 5.Muhammadqodir Hamraliev, 20.Dilshod Abdullaev, 44.Mahmud Mahamadjonov, 99.Ulug'bek Hoshimov

Ogohlantirishlar: Umar Adhamzoda (52), Abdurauf Bo'riev (55)

MATNLI TRANSLYACIYA

YANGILASH

O'yin yakunlandi.

90+3. GOL! Hamdamov hisobni tenglashtirdi!

90. Ikkinchi bo'limga 6 daqiqa qo'shib berildi.

90. GOL! "Nasaf" jarima maydoni to'pni qabul qilib olgan Riaskos uzoq pastki burchakni aniq nishonga oldi!

89. Adhamzodaning zarbasini Nematov egallab oldi.

87. "Paxtakor"da oxirgi o'zgarish bo'ldi.

85. Rahmatovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi darvoza yuqorisidan o'tib ketdi.

80. "Paxtakor" ham o'zgarish amalga oshirdi.

79. "Nasaf" tarkibida yana ikki o'zgarish bo'ldi.

77. Riaskosning pasidan so'ng Sergeev zarba yo'llay olmadi, u to'p kelishini kutmagan ko'rinadi.

73. Cheran raqib futbolchisi bilan to'qnashib ketdi. Unga tibbiy yordam ko'rsatildi.

72. Riaskos va Davronov to'qnashib ketdi.

68. Adhamzoda tomonidan uzoqdan yo'llangan kuchli zarbaga biroz aniqlik etishmadi.

68. Xavfli vaziyat! Bozorov tomonidan yo'llangan zarbani Nazarov qaytardi.

65. "Paxtakor" navbatdagi o'zgarishga qul urdi.

62. GOL! Yana Bozorovdan pas, yana Norchaevdan gol! Husayn bu gal o'ng oyoqda "Paxtakor" darvozasiga to'p kiritdi!61. Adhamzodaning uzatmasini Nematov mushtlari bilan urib yubordi.

Qoida buzishlar: 5-6

60. Bozorov Xolmatovga nisbatan qoidabuzarlik sodir etdi.

58. "Nasaf" tarkibida ikki o'zgarish amalga oshirildi.

56. Cholovichga tibbiy yordam ko'rsatilmoqda.

55. Bo'riev ham fol uchun ogohlantirildi.

54. Xavfli vaziyat! Resanning zarbasini Nematov qaytardi, qaytgan to'pga Sergeev zarba bera olmadi. 

52. Adhamzoda qo'pol o'yin uchun sariq kartochka bilan jazolandi.

47. Flamarionning bosh bilan yo'llagan zarbasi kuchsiz chiqdi, Nematov qiyinchiliksiz to'pni egallab oldi.

46. Ikkinchi bo'lim boshlandi. "Paxtakor"da bitta o'zgarish bo'ldi.

Taym yakunlandi.

45. Birinchi bo'limga 3 daqiqa qo'shib berildi.

44. Xavfli vaziyat! Bozorovning jarimadan uzatmasidan so'ng Norchaev yaqin masofadan bosh bilan zarba yo'lladi, Nazarov ko'ksi bilan to'pni qaytardi.

43. Cheran chap qanotdan oldinga bordi va markazga pas berdi, "Paxtakor" himoyachisi qiyinchilik bilan to'pni qaytardi.

38. Nematovga nisbatan hujumda fol ishlatildi.

36. Nasrullaev Flamarionga nisbatan qoidabuzarlik sodir etdi.

34. Xavfli vaziyat! Cheran boshlagan hujumdan so'ng Bozorov raqib jarima maydonida chap oyoqda aniq zarba yo'llay olmadi, to'p darvoza to'rining yon tomoniga tegdi.

31. "Paxtakor"ning jarima uzatmasi raqib futbolchisi tomonidan qaytarildi.

29. GOL! Bozorovning pasidan so'ng Norchaev chap oyoqda "Paxtakor" darvozasini ishg'ol qildi!29. Abdumajidov fol ishlatdi.

To'pga egalik hozircha (%): 50-50

Salqinlash vaqti

23. Cholovichning uzatgan to'piga jarima maydonidagi Cheranning bo'yi etmadi.

21. Davronov Resanga nisbatan qoida buzdi.

20. Saitov "Nasaf"ning tezkor qarshi hujumini bartaraf etdi.

19. Cheranning pasidan so'ng Norchaev qulay vaziyatda to'pni ancha yuqoriga tepib yubordi.

18. Cholovichning uzatmasidan so'ng Norchaev bosh bilan zarba yo'lladi, ammo zarba noaniq ko'rinish oldi.

16. Abdirahmatovning uzatmasidan so'ng Cheran raqib jarima maydonida zarba yo'llay olmadi, Abdumajidov to'pni tepib yubordi.

14. Saitov Bozorovga nisbatan qo'pol o'yin namoyish etdi. 

12. Flamarionning burchak uzatmasini raqib futbolchisi bartaraf etdi.

10. Adhamzoda xato tufayli to'pni yo'qotdi, so'ngra Cholovich bilan kurashda to'pning maydon tashqarisiga chiqib ketishini taminladi.

7. G'aybullaev Sergeevni "Nasaf" posboni bilan yakkama-yakka chiqishiga yo'l qo'ymadi va u tomon berilgan pasni egallab oldi.

6. Abdirahmatov o'ng qanotdan yorib kirishga harakat qildi, Abdullaev uni zararsizlantirdi.

3. Bozorovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi darvoza ustuni yonidan o'tib ketdi.

2. Mozgovoy tomonidan yo'llangan zarba ancha noaniq ko'rinish oldi.

1. Cholovichning o'ng qanotdan uzatmasini Ibragimov qaytardi.

1.O'yin boshlandi. Bugun ikkala jamoa azolari ham jon-jahdi bilan kurashsa kerak. Zero, “City Football Group” qiziqish bildirayotgan futbolchi men bo'lsam kerak, degan umid kimda bo'lmaydi deysiz?!

Jamoalar maydonga chiqib kelishdi. "Nasaf" qizil, "Paxtakor" to'q binafsharang libosda harakat qiladi.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar