Superliga, 14-tur
"Qo'qon-1912" – "Dinamo" 2:2 LIVE
27.06.2025.Qo'qon. "Markaziy" stadioni. 20:00
Hakamlar: Shavkat Nasibullaev, Amir Galeev, Danil Yacenko, Umidjon Rahimjonov
Nazoratchi: Baxtiyor Namozov
VAR: Akobir Shukurullaev
AVAR: Sanjar Shoyusupov
Komissar: Abdulbosit Valixonov
Gollar: Jasur Xolto'raev 11, - 1:0 (Zafar Hakimov). Anvarjon Hojimirzaev 30, - 1:1 (Maqsudxo'ja Aloxo'jaev). Salim Mustafoev 43, - 1:2 (Anvarjon Hojimirzaev). Jasur Xolto'raev 61, - 2:2 (Javohir Husanov).
"Qo'qon-1912": 13.Aziz Isaqov, 5.Jasur Yoqubov, 6.Alisher Salimov, 7.Shota Gvazava, 8.Baxtiyor Qosimov, 9.Javohir Husanov, 14.Jasur Xolto'raev, 15.Zafar Hakimov (18.Bahrom Abdurahimov, 56), 20.Iqbol Malikjonov, 22.Muhammadanas Hasanov, 69.Egor Kondratyuk.
Zaxira: 1.Rustam Nortojiev, 2.Mirziyod Mirodilov, 10.Husniddin G'ofurov, 17.Alisher Xayrullaev, 19.Shahzod Akramov, 23.Bekjon Jo'raboev, 30.Ibrohim Muxtorov, 37.Tohirbek Yo'ldoshev.
"Dinamo": 13.Ravshanbek Yagudin, 5.Duglas Maykon (8.Sanjar Qodirqulov, 22), 6.Jahongir O'rozov, 7.Ratino, 9.Mirjahon Mirahmadov (20.Jaloliddin Jumaboev, 66), 10.Anvar Hojimirzaev, 15.Maqsudxo'ja Aloxo'jaev, 16.Richard Fraydey (22.Ulug'bek Abdullaev, 46), 17.Salim Mustafoev (18.Oleksandr Kucherenko, 45+6), 37.Firdavs Abdurahmonov, 88.Marko Stanoevich (25.Oybek O'rmonjonov, 66).
Zaxira: 27.Edem Nemanov, 11.Xislat Xalilov, 14.Bahodir Nasimov, 23.Behruz Oblaqulov, .
Ogohlantirishlar: Anvarjon Hojimirzaev 26,
Chetlatish: Jahongir O'rozov 45+4,
MATNLI TRANSLYACIYA
YANGILASH
66. O'zgarishlar. "Dinamo". Mirahmadov va Stanoevich o'rniga Jumaboev va O'rmonjonov tushdi
65. ZARBA! Baxtiyor Qosimovning uzoqdan yo'llagan aniq zarbasidan keyin Yagudin to'pni ushlab oldi
61. GOL! Chap qanotdan Muhammadanas Hasanov to'pni jarima maydoniga uzatdi, Javohir Husanov darvoza yoniga uzatdi, darvoza qarshisida turgan Xolto'raev dublini rasmiylashtirdi - 2:2.
58. Yagudin o'z himoyachisi bilan to'qnashib ketdi va unga shifokorlar yordam berishmoqda
56. O'zgarish. "Qo'qon-1912". Jarohat olgan Hakimov o'rniga Bahrom Abdurahimov tushdi
54. "Qo'qon-1912" himoyachisi Zafar Hakimov jarohat oldi va unga shifokorlar yordam berishmoqda
52. Zarba! Anvarjon Hojimirzaevning zarbasi xavfli chiqdi
46. Ikkinchi taym boshlandi
46. O'zgarish. "Dinamo". Fraydey o'rniga Ulug'bek Abdullaev tushdi
45+7. Birinchi taym yakunlandi, hozircha 1:2
45+6. O'zgarish. "Dinamo". Jarohat olgan Mustafoev o'rniga Kucherenko tushdi
45+4. CHETLATISH! Bosh hakam VARni ko'rdi va O'rozovga sariq kartochka o'rniga qizil kartochka ko'rsatdi. U birga bir vaziyatga chiqib ketayotgan Xolto'raevni yiqitgandi.
45+1. Ogohlantirish. "Dinamo". Jahongir O'rozov
45. Birinchi taymga 4 daqiqa qo'shildi
43. GOL! Burchakdan Hojimirzaev uzatgan to'pni Salim Mustafoev boshi bilan darvozaga yo'lladi - 1:2.
41. ZARBAAA! Sanjar Qodirqulovning 25 metrlardan yo'llagan kuchli zarbasidan keyin Azizxon Isaqov to'pni qaytardi!
37. ZARBAAA! Javohir Husanov bilan devor uslubida o'ynagan Baxtiyor Qosimov jarima maydoni ichidan zarba berdi, Yagudindan chiroyli seyv!
30. GOL! Aloxo'jaevning chap qanotdan uzatgan to'pini Anvarjon Hojimirzaev jarima maydoni yonidan darvozaga joylab qo'ydi - 1:1.
26. Burchak to'pidan keyin Kondratyuk boshi bilan zarba bera olmadi
26. Zarba! Muhammadanas Hasanov jarima to'pini amalga oshirdi, Stanoevich to'pni qaytarib yubordi.
25. Ogohlantirish. "Dinamo". Anvarjon Hojimirzaev
22. O'zgarish. "Dinamo". Jarohat olgan Duglas o'rniga Qodirqulov tushdi
16. UX! Maydon markazida Ratino va Kondratyuk boshi bilan to'qnashib ketishdi. Shifokorlar Ratinoga yordam ko'rsatishmoqda
15. UXXX! Muhammadanas Hasanov burchakdan to'pni to'g'ri darvozaga yo'lladi, Yagudin o'z o'rnida! Keyingi hujumda Xolto'raev noaniq zarba berdi!
14. ZARBAAAA! Jasur Xolto'raev endi jarima maydoni tashqarisidan kuchli va aniq zarba berdi, Yagudin qiyinchilik bilan to'pni qaytardi!
11.GOL! Chap qanotdan Zafar Hakimov havolatib to'pni jarima maydoni ichiga uzatdi, Jasur Xolto'raev boshi bilan gol urib hisobni ochdi - 1:0.
4. ZARBAAAA! "Qo'qon-1912"ning hujumi, Muhammadanas Hasanovning jarima maydoni chizig'idan yo'llagan aniq zarbasidan keyin Ravshanbek Yagudin chiroyli seyv namoyish etdi!
1. O'YIN BOSHLANDI!
- Uchrashuv soat 20:00da boshlanadi.