Saudiyaliklar Messiga Ronalduning shartnomasiga yaqin shartnoma taklif qilishdi

  • Mr.NoBoDy 27.06.2025 21:33
  • 42
  • 30

Saudiya Arabistonida “Inter Mayami” klubi hujumchisi, 38 yoshli Lionel Messini jamoa safiga qo‘shib olish bo‘yicha qiziqish qayta jonlandi. Saudiya Arabistoni Davlat investisiya jamg‘armasi (PIF) argentinalik futbolchiga Krishtianu Ronalduni mamlakat chempionatiga olib kelishga imkon bergan shartlar darajasidagi taklifni taqdim etdi. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur taklif Messining otasi va bir vaqtning o‘zida agenti bo‘lgan Xorxe Messiga yetkazilgan. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar ham bo‘lib o‘tgan. PIF tarkibidagi klublar orasida futbolchini qo‘lga kiritish borasida asosiy da’vogar — yaqinda Simone Indzagi bosh murabbiy etib tayinlangan “Al-Hilol” klubi hisoblanadi.

Shu bilan birga, ayni vaqtda Messining “Inter Mayami”da o‘zini baxtli his etayotgani qayd etilmoqda.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar