"Aston Villa" "Chelsi" va "Arsenal" qiziqayotgan futbolchisi uchun 100 mln funt talab qilmoqda

  • Mr.NoBoDy 28.06.2025 11:48
  • 42
  • 30

"Aston Villa" hujumchisi Morgan Rojers yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin.

"Daily Mail" xabariga ko'ra, Birmingem klubi rahbariyati 22 yoshli futbolchining jamoadan ketishini istamayapti. Biroq xaridor tomon 100 mln funt taklif qilsa, buni o'ylab ko'rishlari mumkin. Manbaning yozishicha, "Aston Villa" murabbiylar shtabi ham Rojersni jamoaning asosiy figurasi deb hisoblamoqda. Shu sababli uning jamoadan ketishini xohlashmayapti. Futbolchiga esa ancha vaqtdan buyon "Arsenal" va "Chelsi" qiziqish bildirmoqda.

Rojers yakunlangan mavsumda barcha turnirlarda 54 o'yinda qatnashdi va 14 gol hamda 15 assist qayd etdi. Uning klub bilan yana 4 yillik shartnomasi bor.

Ўхшаш янгиликлар

MMA (UFC) videolar

post photo

ММА (UFC) - janglari

UFC 310 Embedded (эпизод 5)

Futbol obzorlar